Tasdiqlangan

Bosh Direktor

«Kron Telekom Netvork» MChJ

 

 

«Sog‘lom turmush tarzi portali» ko’ngilochar portalidan foydalanish to`g`risidagi

OMMAVIY OFERTA

« Sog‘lom turmush tarzi portali » health.cmc.uz ko’ngilochar portalidan foydalanish to`g`risidagi ushbu Ommaviy oferta (keyingi o`rinlarda "Oferta" deb yuritiladi) «Sog‘lom turmush tarzi portali» health.cmc.uz ko’ngilochar portalidan foydalanish bilan bo`g`liq bo`lgan hisob-kitob xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi Shartnomaning (keyingi o`rinlarda Xizmat ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma" va/yoki "Shartnoma" deb yuritiladi) tuzilishi shartlarini o`z ichiga oladi. Ushbu Ofertada ko`rsatilgan harakatlarning amalga oshiPrilishi jismoniy shaxsning ushbu Ofertada ko`rsatilgan tartib, hajm va shartlarga muvofiq tarzda Shartnomani tuzishga roziligini tasdiqlaydi.

Quyidagi keltirilgan Oferta matni "Kron Telekom Netvork" MChJning rasmiy ommaviy taklifi bo`lib, "foydalanuvchi" mezonlariga javob beradigan jismoniy shaxslarga, O`zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-bandiga muvofiq xizmat ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma tuzishga qaratilgan. Jismoniy shaxs tomonidan ushbu Ofertada nazarda tutilgan va jismoniy shaxs tomonidan ushbu Ofertaning barcha shartlarining hech qanday cheklovlarsiz to`liq va so`zsiz qabul qilinishini anglatuvchi Ofertaning aksepti bo`yicha harakatlar amalga oshirilishi bilan Xizmat ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi.

Foydalanuvchining «Sog‘lom turmush tarzi portali» health.cmc.uz ko’ngilochar portalidan foydalanishi Xizmat Operatori tomonidan (umumiy olganda) foydalanuvchi jismoniy shaxs bo`lib Xizmatga obuna bo`lish uchun O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli huquqiy imkoniyatlarga ega ekanligi so`zsiz tasdiq (prezumpsiya) o`rnida hisoblanadi, shuningdek Foydalanuvchi ushbu Ofertaning barcha shartlarini mustaqil ravishda o`qigan va tushungani, ularga hech qanday e`tiroz bildirmasligi, ularga rioya qilishga rozi ekanligi, shuningdek «Sog‘lom turmush tarzi portali» health.cmc.uz ko’ngilochar portalidan foydalanganda, O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining barcha normalariga rioya qilish majburiyatlarini o`z zimmasiga olishini bildiradi. Foydalanuvchi Xizmat Operatori ushbu xat boshida ko`rsatilgan prezumpsiyaga to`liq ishonish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi.

SHUNI E`TIBORGA OLISH KERAKKI, OFERTANING TO`LIQ MAZMUNI YOKI UNING BIRON BIR QISMIGA NISBATAN ROZILIK BILDIRMAGAN VA/YOKI USHBU OFERTANING BIRON BIR QOIDALARI MAZMUNIGA TUSHUNMAGAN JISMONIY SHAXS HEALTH.CMC.UZ KO’NGILOCHAR PORTALIDAN FOYDALANISHNI BOSHLAMASLIGI KERAK.

Ofertaning joriy versiyasi Xizmatning quyidagi veb-saytida joylashtirilgan: health.cmc.uz

I. Atamalar va izohlar:

Abonent raqami - uyali aloqa operatori bilan uyali aloqa xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma tuzgan, foydalanuvchi hisobining identifikatori sifatida xizmat ko`rsatuvchi Xizmat operatori hisobiga chiqadigan shaxsni aniq belgilaydigan foydalanuvchi uyali aloqa operatori tarmog`iga ulangan paytda Foydalanuvchiga tayinlangan telefon raqami. Ushbu oferta maqsadlari uchun "abonent raqami" va "mobil aloqa operatori bilan mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma" atamalari bir ma`noga egadir.

Avtorizatsiya - foydalanuvchi tomonidan kiritilgan autentifikatsiya ma`lumotlarini tahlil qilish va taqqoslash bilan birga natijada Foydalanuvchining Servis xizmatlaridan foydalanish huquqi mavjudligi aniqlash jarayoni. Avtorizatsiya Xizmat Operatori tomonidan dasturiy-apparat vositalaridan foydalangan holda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Autentifikatsiya ma`lumotlari - Abonentning yagona noyob raqami va Xizmatga kirish uchun ishlatiladigan tasdiqlash Kodi. Autentifikatsiya ma`lumotlari Foydalanuvchi Xizmatda ro`yxatdan o`tgan paytda Foydalanuvchiga beriladi.

Kirishni blokirovka qilish, Foydalanuvchi shaxsiy akkauntiga kirishni blokirovka qilish, Xizmatdan foydalanishni blokirovka qilish - Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanish bo`yicha xizmatlardan foydalana olmaydigan Xizmatning texnik sozlanishi. Blokirovka ushbu ofertada ko`rsatilgan hollar va shartlarda, shu jumladan Foydalanuvchining talabiga binoan, Xizmat operatori tomonidan amalga oshiriladi.

Xizmatdan foydalanish zonasi - O`zbekiston Respublikasi.

Xizmatdan foydalanish – Foydalanuvchi tomonidan Xizmatdan foydalanish huquqini taqdim etish doirasida operator tomonidan ko`rsatiladigan xizmatga (keyingi o`rinlarda - " Xizmatdan foydalanish" deb yuritiladi) kirish foydalanuvchi shaxsiy akkauntini boshqarishga qaratilgan har qanday harakatni amalga oshirilishi. Foydalanuvchi tomonidan Xizmatdan foydalanish faqat xizmat narxini oldindan to`lash sharti bilan ruxsat etiladi.

Tasdiqlash kodi - Xizmat Operatori tomonidan Foydalanuvchiga, u «Sog‘lom turmush tarzi portali» health.cmc.uz ko’ngilochar portalida ro`yxatdan o`tishda ro`yxatga olishni tasdiqlash uchun ko`rsatgan Foydalanuvchining abonent raqamiga SMS-xabar orqali taqdim etiladigan raqamlarning noyob ketma-ketligi.

CheckBox - "Roziman" yoki "Men tanishib chiqdim" tugmasini bosish orqali obunani faollashtirish imkoniyatini nazarda tutuvchi funksionallik (qutichani belgilang), bu abonent kontent xizmati va ommaviy oferta shartlari bilan tanishganligini anglatadi.

«Sog‘lom turmush tarzi portali» health.cmc.uz ko’ngilochar portali - Foydalanuvchiga Xizmat Operatori tominidan ko`rsatiladigan yuqori sifatli turli xil o`yinlarga kirib foydalanish imkoniyatini taqdim etishga qaratilgan xizmat.

Kontent provayder - mazkur Web-sayt, portal, Xizmatni ishlab chiquvchi kompaniya

Foydalanuvchi – haq evaziga obuna bo`lish uchun O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqatiga ega bo`lgan, ushbu oferta shartlarini aksept qilish orqali Xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi shartnomani tuzishga qaratilgan konklyudent harakatlarni amalga oshirgan va Xizmatdan foydalanish uchun autentifikatsiya ma`lumotlariga ega bo`lgan jismoniy shaxs. Yuridik shaxs xizmatdan foydalanuvchi bo`la olmaydi. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan foydalanuvchi shaxsiy akkauntining ro`yxatdan o`tkazilishi va undan keyingi Xizmatdan foydalanish faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin va faqat shunday hollarda yakka tartibdagi tadbirkor Xizmatdan foydalanuvchi bo`lishi mumkin.

Foydalanuvchi statusi - xizmat operatori tomonidan avtomatik ravishda o`rnatiladigan xizmatdagi Foydalanuvchining holatini belgilovchi parametr. Xizmatdan foydalanganlik uchun Xizmat Operatori foydasiga to`lovlar, agar ushbu ofertada nazarda tutilgan bo`lsa, Faol foydalanuvchi statusini aniqlash maqsadida hisobga olinmasligi mumkin.

Faol foydalanuvchi statusi - Foydalanuvchiga Xizmat Operatori tomonidan Foydalanuvchi Xizmatga ulanganida va ketma-ket 365 (uch yuz oltmish besh) kalendar kuni davomida kamida bir marta Xizmatdan foydalanilganida, shuningdek, shu jumladan Xizmatdan foydalanishda amalga oshiriladigan boshqa harakatlar, shu jumladan foydalanuvchining shaxsiy akkauntini boshqarishga, xizmat operatoriga boshqa axborot so`rovlari (SMS) bilan murojaat qilishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilishi hisobga olinmagan holda belgilanadigan Foydalanuvchi statusi.

Faol bo`lmagan foydalanuvchi statusi - xizmat operatori tomonidan ketma-ket 1095 (bir ming to`qson besh) kalendar kun davomida xizmatdan foydalanmay kelayotgan Foydalanuvchiga o`rnatiladigan foydalanuvchi statusidir. Faol bo`lmagan foydalanuvchi statusi Foydalanuvchiga quyidagi holatlardan birida beriladi:

(i) xizmatdan oxirgi foydalanish kunidan boshlab 1095 (bir ming to`qson besh) kalendar kun o`tganidan keyin;

(ii) aloqa operatorining talabiga binoan abonentni faol bo`lmagan foydalanuvchi statusiga o`tkazish;

(iii) foydalanuvchi tomonidan xizmat operatori o`chirish sms kodini qabul qilganda.

Taraflar –Xizmat Operatori va Foydalanuvchi.

Tariflar - Xizmat Operatori tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar, Xizmat Operatori tomonidan o`rnatilgan va Xizmatning VEB-saytida joylashtiriladigan Xizmat Operatorining komissiyalari tizimi. Tariflar shartnomaning bir qismidir.

Foydalanuvchi shaxsiy akkaunti - Xizmat operatorining analitik hisobidagi akkaunti. Foydalanuvchi shaxsiy akkauntining identifikatori Xizmat Operatorining hisobida Foydalanuvchining abonent raqami hisoblanadi.

SMS-xabarnoma – Xizmat Operatorining Foydalanuvchiga yangi mahsulotlar, yangilanishlar, shuningdek, xizmatdagi turli o`zgarishlar haqida abonentni xabardor qilgan holda SMS-xabarlarni yuborish xizmati.

SMS tasdiqlash xizmati - bu Xizmat doyrasidagi qo`shimcha xizmatlarning ulanganligini/o`chirilganligini tasdiqlash uchun Xizmat Operatorining Foydalanuvchiga SMS-xabarlarni yuborish xizmati.

Xizmatning VEB-sayti - ATT Internetda, quyidagi manzilda joylashtirilgan: health.cmc.uz

Agar ushbu Oferta matnida biron bir atamaning aniq ta`rifi mavjud bo`lmasa, Foydalanuvchi birinchi navbatda Xizmatning veb-saytida keltirilgan izohlarga rioya qilish majburiyatini oladi.

II. Shartnoma Predmeti.

2.1. Ushbu ofertada nazarda tutilgan konklyudent harakatlarni amalga oshirish orqali Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertani qabul qilish yo`li bilan tuziladigan Shartnoma predmeti Xizmat Operatori tomonidan Foydalanuvchiga health.cmc.uz «Sog‘lom turmush tarzi portali» ko’ngilochar portali Xizmatdan foydalanish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishdan iborat.

2.2. Xizmat Operatori ushbu Oferta shartlariga muvofiq tarzda tuziladigan Shartnoma bo`yicha Xizmat xizmatini tegishli ravishda ko`rsatishi uchun, Foydalanuvchi Xizmat Operatori ushbu Ofertaning 2.1. bandida ko`zda tutilgan majburiyatlarini bajarishidan oldin ushbu Ofertaning III - bo`limida ko`rsatilgan Oferta akseptini amalga oshirishni o`z zimmasiga oladi.

III. Aksept Tartibi.

3.1. Ushbu Oferta shartlariga muvofiq tarzda Shartnoma tuzish uchun foydalanuvchi uning to`liq va so`zsiz akseptini amalga oshirish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.

Ofertaning akseptini amalga oshirish va Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini Xizmat ro`yxatidan o`tkazish uchun Foydalanuvchi uyali aloqa xizmatlarini taqdim etadigan uyali aloqa operatori bilan Foydalanuvchi nomidan rasmiylashtirilgan amaldagi shartnomaga ega bo`lishi shart. Uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish to`g`risidagi bunday shartnomaning shartlari foydalanuvchiga Abonent raqamidan foydalangan holda ovozli qo`ng`iroqlarni qabul qilish va, shuningdek SMS va USSD xabarlarni qabul qilish va yuborish imkoniyatini ta`minlashi kerak. Quyidagilar bajarilgan paytidan boshlab Aksept Xizmat Operatori tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi: «Sog‘lom turmush tarzi portali» health.cmc.uz ko’ngilochar portalining veb-saytida tasdiqlash kodini kiritilishi, qabul qilish (obuna) bo`limidagi "Yuborish" tugmachasini bosilishi va Operator Xizmatiga obuna bo`lganligi haqida Foydalanuvchiga ma`lumotli SMS borishi.

3.2. Ushbu Ofertani qabul qilishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgan holda, foydalanuvchi ushbu Oferta shartlarini qabul qiladi, shuningdek «Sog‘lom turmush tarzi portali» health.cmc.uz ko’ngilochar portalidan foydalanish bo`yicha Ommaviy oferta shartlarini to`liq va istisnosiz qabul qiladi.

3.3. Ushbu Ofertaning 3.1. bandida ko`zda tutilgan harakatlarni bajarilishi natijasida, foydalanuvchiga Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi taqdim etiladi; Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi foydalanuvchiga taqdim etilgan paytdan boshlab, u xizmatlardan foydalanish huquqiga ega bo`ladi.

3.4. Foydalanuvchi Xizmat ro`yxatidan foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini o`tkazish bo`yicha yuqorida ko`rsatilgan barcha harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab foydalanuvchi ushbu Ofertada, Xizmat operatorining boshqa ichki hujjatlarida va Xizmatning veb-saytida ko`rsatilgan tartibda va shartlarda Xizmatdan foydalanish haqiga ega bo`ladi.

3.5. Xizmat Operatori sabablarni qo`shimcha izohlamasdan ushbu Oferta shartlari bo`yicha Foydalanuvchi bilan shartnomani tuzishdan bosh tortish huquqini o`zida saqlab qoladi.

IV. Xizmatdan foydalanish tartibi, shartlari va narxi.

4.1. Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi ro`yxatdan o`tkazilganidan so`ng foydalanuvchi xizmatdan foydalanish huquqiga ega bo`ladi.

4.2. Xizmatdan foydalanish uchun, foydalanuvchi kunlik abonent to`lovini kuniga 1300 So`m (Ucell abonentlari uchun) QQS bilan miqdorida to`laydi .

4.3. Xizmat Operatori ushbu Ofertada ko`zda tutilgan aniq harakatlarni bajarish orqali Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertani qabul qilinishi natijasida tuzilgan Shartnoma bo`yicha Tomonlarning o`zaro huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi elektron hisob registriga qayd etish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.

4.4. Foydalanuvchi va uyali aloqa operatori o`rtasida tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma Foydalanuvchining foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini Xizmat ro`yxatidan o`tkazishda Foydalanuvchi tomonidan ko`rsatilgan abonent raqami bekor qilingan taqdirda, Foydalanuvchi yuqorida ko`rsatilgan abonent raqamini o`z ichiga olgan autentifikatsiya ma`lumotlari yordamida xizmatdan foydalanishni to`xtatishi va 1432 qisqa raqamiga STOP ZOJ kodini yuborib Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ofertani qabul qilish yo`li bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi shart.

V. Foydalanuvchining Huquq va Majburiyatlari.

5.1. Foydalanuvchi ushbu Ofertada nazarda tutilgan tartib va shartlarda Xizmatdan to`liq hajmda foydalanish huquqiga ega. Xizmat operatorining barcha xizmatlarining batafsil tavsifi Xizmatning veb-saytida doimiy ravishda mavjud.

5.2. Foydalanuvchi o`z ixtiyori bilan o`z autentifikatsiya ma`lumotlarini qo`llagan holda xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Xizmatdan foydalanish Xizmat veb-saytining har qanday elementlarini takrorlamaslik, sotmaslik, ulardan nusxa olmaslik, shunungdek har qanday tijorat maqsadlarida foydalanmaslik majburiyatlari bilan cheklanadi, shu jumladan, Foydalanuvchining ushbu bandda ko`rsatilgan maqsadlar uchun uchinchi shaxslarga Xizmatdan foydalanish imkoniyatini bermaslik.

5.3. Foydalanuvchining Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi ro`yxatdan o`tkazilganidan keyin Xizmatdan foydalanish huquqi eksklyuziv bo`ladi va boshqa shaxslarga o`tkazilmaydi. Agar foydalanuvchi o`zining Autentifikatsiya ma`lumotlarini uchinchi shaxslarga ma`lum qilgan bo`lsa, Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanayotgan uchinchi shaxslar tomonidan sodir etilgan harakatlar uchun, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan Xizmatga, Xizmat operatoriga va Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasiga yetkazilgan zarar uchun to`liq javobgar bo`ladi.

5.4. Foydalanuvchi istalgan vaqtida mustaqil ravishda 1432 qisqa raqamiga STOP ZOJ kodini yuborish orgali Xizmatdan foydalanishni bekor qilish va rad etish huquqiga ega.

5.5. Foydalanuvchi o`zining Autentifikatsiya ma`lumotlarini, foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi ulangan abonent raqami bilan sim-kartani, shuningdek ushbu sim-karta o`rnatilgan uyali telefonni uchinchi shaxslar qo`lga kiritolmaydigan joyda saqlashi shart.

5.5.1. Xizmat operatori autentifikatsiya ma`lumotlari yordamida Xizmat orqali foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo`lmaydi.

5.5.2. Foydalanuvchi o‘z qurilmasidan (smartfon/planshet/PC) Operatorning SIM-kartasi orqali mobil internet tarqatayotgan Wi-FI nuqtasi (modem/router)ga ulanganida, Foydalanuvchiga marshrutizator (modem/router)dan IP-manzil biriktiriladi.
Foydalanuvchi Operatorning SIM-kartasi bilan marshrutizator orqali internetdan foydalansa, xizmat marshrutizatorda o‘rnatilgan telefon raqamida yoqiladi.

5.6. Ushbu Oferta shartlari asosida Shartnoma tuzish orqali foydalanuvchi O`zbekiston Respublikasining 02.07.2019 yildagi O`RQ-547-sonli "Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq, o`z xohishiga ko`ra va o`z manfaatlari uchun Xizmat Operatori tomonidan, abonent raqami, Xizmatdan foydalanish uchun yechilish summasi kabi uning shaxsiy ma`lumotlari bilan ishlashga rozilik beradi. Shaxsiy ma`lumotlar bilan ishlashga rozilikni bekor qilish Foydalanuvchi tomonidan Xizmat Operatori xodimiga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etilganidan so`ng amalga oshiriladi.

5.7. Ushbu Oferta shartlariga muvofiq tarzda Shartnoma tuzish orqali, Foydalanuvchi o`zining xizmatlarini taqdim etuvchi uyali aloqa operatori bilan uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish to`g`risidagi amaldagi shartnomaga ega ekanligini va Foydalanuvchi nomidan ro`yxatdan o`tishda Foydalanuvchi tomonidan ko`rsatilgan Abonent raqamidan foydalanish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi va Xizmat Operatorining birinchi so`roviga binoan Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini boshqarish huquqiga ega ekanligini tasdiqlash uchun ko`rsatilgan shartnomani taqdim etishga rozilik bildiradi.

5.8. Ushbu Oferta shartlariga muvofiq tarzda Shartnoma tuzish orqali Foydalanuvchi Xizmat Operatoriga ovozli qo`ng`iroqlarni amalga oshirish huquqini beradi, shu jumladan, Xizmat Operatoridan (yoki u orqali shu maqsadda jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan) telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Uyali aloqa operatorining telekommunikatsiya tarmoqlari orqali, shuningdek (lekin shu bilan cheklanmagan holda) Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy qaydnomasini ro`yxatdan o`tkazish paytida ko`rsatilgan Abonent raqamiga ma`lumotli SMS-xabarlarini olishga rozilik beradi.

VI. Maxfiylik va xavfsizlik.

6.1. Taraflar Xizmat orqali almashilgan yoki Xizmatdan foydalanish sababli taraflarga ma`lum bo`lgan ma`lumotlarning xavfsizligi va himoyasi uchun barcha zarur choralarni ko`rish majburiyatini o`z zimmalariga oladilar.

6.2. Foydalanuvchi maxfiylikni saqlash, maxfiy ma`lumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish va autentifikatsiya ma`lumotlarini uchinchi shaxslarga ruxsatsiz ma`lum bo`lishidan himoya qilish bo`yicha barcha zarur choralarni mustaqil ravishda qabul qilish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.

6.3. Xizmat Operatori Foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlari, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan Xizmatdan foydalanish munosabati bilan Xizmat Operatoriga ma`lum bo`lgan Foydalanuvchi haqidagi boshqa ma`lumotlarga nisbatan maxfiylikka rioya qilish majburiyatini o`z zimmasiga oladi, bundan quyidagi hollar mustasno:

• bunday ma`lumotlar ommaga ma`lum bo`lsa;

• ma`lumotlar Foydalanuvchining ruxsati yoki talabi bo`yicha oshkor etilsa;

• axborot foydalanuvchi kontragentlariga ushbu Oferta shartlari asosida tuzilgan Shartnoma shartlarini bajarish uchun zarur bo`lgan hajmda taqdim etilishi lozim bo`lsa;

• axborot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha, shubhali bitimlar asosida yoki sud/vakolatli davlat organlarining tegishli so`rovlari kelib tushgan taqdirda oshkor etilishi talab qilingan bo`lsa.

6.4. Xizmat Operatori Xizmatdan foydalanishni blokirovka qilish va / yoki Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanishini rad etish huquqini o`zida saqlab qoladi, shu jumladan Foydalanuvchi harakatlarining qonuniyligiga shubha tug`ilganda.

6.5. Foydalanuvchi Xizmatdan tizimli foydaga yo`naltirilgan operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanishga haqli emas.

6.6. Xizmat Operatori Foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlarining maxfiyligini doimiy ravishda kuzatib borish majburiyatini oladi. Xizmat Operatori Foydalanuvchining aniqlaydigan ma`lumotlarinidan foydalanmaslikni yoki ularni oshkor etmaslikni o`z zimmasiga oladi.

6.7. Xizmat Operatori istalgan vaqtda Foydalanuvchiga qo`shimcha manzilli xabar bermasdan Xizmatdan foydalanish uchun qo`shimcha xavfsizlik choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishga haqlidir. Bunday qo`shimcha xavfsizlik choralarini joriy etish va bunday chora-tadbirlar joriy etilishi munosabati bilan foydalanuvchilarning xatti-harakatlari haqida Xizmat Operatori (agar iloji bo`lsa) Xizmatning veb-saytida xabarnomani joylashtiradi.

6.8. Xizmat Operatori, O`zbekiston Respublikasi qonunlarida va ushbu Oferta bilan belgilangan holatlarda, Foydalanuvchining hisobidan mablag `yechib olish huquqiga ega.

6.9. Ushbu Oferta shartlari bo`yicha Shartnoma tuzish orqali, Foydalanuvchi Xizmat Operatoriga Foydalanuvchining qo`shimcha buyrug`isiz (roziligisiz) Foydalanuvchining balansidan Shartnomada va Tariflarda ko`zda tutilgan Foydalanuvchi tomonidan Xizmat Operatoriga to`lanadigan obuna to`lovi miqdorini ushlab qolish huquqini beradi.

6.10. Xizmat Operatori Foydalanuvchi tomonidan kunlik abonent to`lovi to`lanmagan taqdirda Foydalanuvchining shaxsiy qaydnomasini blokirovka qilishga haqlidir.

VII. Nizolarning hal qilinishi.

7.1. Xizmat Operatori Foydalanuvchining barcha kelib tushgan yozma murojaatlarini, shu jumladan, taraflar ushbu Oferta shartlarida tuzilgan Shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarish doirasida «Sog‘lom turmush tarzi portali» health.cmc.uz ko’ngilochar portalidan foydalanish bilan bog`liq nizolar yuzaga kelganda tegishli murojaat kelib tushgan kundan boshlab 15 (o`n besh) kun muddatda ko`rib chiqadi.

7.2. Taraflarning kelishuviga erishish imkoni bo`lmagan taqdirda, nizolar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda hal etiladi.

7.3. Taraflarning hech biri ushbu Shartnoma bo`yicha o`z huquq va majburiyatlarini boshqa Taraflarning yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga o`tkazishi mumkin emas.

VIII. Boshqa shartlar.

8.1. Xizmat Operatori va Foydalanuvchi o`rtasida ushbu Oferta shartlarida tuzilgan shartnoma, O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

8.1.1. Ofertaga o`zgartirish va qo`shimchalar Shartnomaning 8.1.1.1 - 8.1.1.4. bandlarida ko`zda tutilgan tartibda Taraflarning kelishuvi bo`yicha kiritiladi.

8.1.1.1. Xizmat Operatori Foydalanuvchini Ofertaga kiritilgan o`zgartirishlar va/yoki qo`shimchalar to`g`risida ularni kuchga kirishidan kamida 3 (uch) kun oldin Xizmatning veb-saytiga joylashtirish orqali xabardor qiladi.

8.1.1.2. Ushbu Ofertaning 8.1.1.1. Bandiga binoan, Xizmat Operatori tomonidan o`zgarishlar/qo`shimchalar joylashtirilgan kundan boshlab 3 (uch) kalendar kuni ichida Foydalanuvchi Xizmat Operatori tomonidan Shartnomaga kiritilishi taklif qilingan o`zgartirishlar va/yoki qo`shimchalarga yuzasidan rozilik (qabul qilish) bildirish yoki Xizmatning veb-saytida ko`rsatilgan kontaktlardan foydalangan holda Xizmat Operatori tomonidan taklif qilingan o`zgartirishlar va/yoki qo`shimchalar bo`yicha asoslangan rad javibiniyuborish huquqiga ega.

8.1.1.3. Foydalanuvchi tomonidan Xizmat Operatorining taklifini (Ofertasini) qabul qilishini ta`minlash maqsadida Shartnomaning 8.1.1.1. Bandiga muvofiq, Foydalanuvchi 5 (besh) kun ichida kamida bir marta Ofertaning o`zgarishi va qo`shimchalari to`g`risidagi ma`lumot uchun Xizmat veb-saytiga murojaat qilish majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Xizmat Operatori Foydalanuvchining Ofertaga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar bilan tanishishning imkoni yo`qligi uchun javobgar bo`lmaydi.

8.1.1.4. Oferta va tegishli Shartnoma o`zgartirilgan oferta loyihasi Xizmatning veb-saytida joylashtirilgan vaqtdan boshlab 3 (uch) kun o`tgach, tomonlarning kelishuvi bo`yicha o`zgartirilgan hisoblanadi.

8.2. Foydalanuvchi Shartnomaning barcha shartlari unga tushunarli ekanligini kafolatlaydi, shuningdek Foydalanuvchi shartlarni so`zsiz va to`liq qabul qiladi.

8.3. Foydalanuvchi ushbu Ofertada va Xizmatning veb-saytida ko`rsatilganidan tashqari boshqa maqsadlarda Xizmatdan foydalanmasligini kafolatlaydi.

8.4. Ushbu Oferta shartlarida tuziladigan Shartnoma tili, shuningdek taraflarning har qanday o`zaro munosabatlarida foydalaniladigan til (shu jumladan yozishmalarni yuritish, talablar / bildirishnomalar / tushuntirishlar berish, hujjatlar taqdim etish va h. k.) sifatida taraflarlar rus va o`zbek tillarini aniqlashdi.

8.5. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Oferta shartlari buzilgan taqdirda Xizmat operatorining harakatsizligi Xizmat Operatorini o`z manfaatlarini keyinchalik himoya qilish huquqidan mahrum qilmaydi, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan kelajakda bunday yoki shunga o`xshash qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda Xizmat operatorining o`z huquqlaridan voz kechishini bildirmaydi.

8.6. Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertada nazarda tutilgan Xizmat ro`yxatidan Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini o`tkazishga qaratilgan harakatlar sodir etilgan paytdan boshlab ushbu Oferta shartlarida tuzilgan hisoblanadi.

8.7. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertani qabul qilish yo`li bilan tuzilgan Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan STOP ZOJ kodini 1432 raqamiga sms orqali yuborish yoki xizmat ko`rsatish operatorining call-markaziga (71) 200 45 55 raqami orqali murojaat qilish yo`li bilan bekor qilinishi mumkin.

8.8. Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi faol bo`lmagan foydalanuvchi statusiga yetganidan keyin Ushbu Oferta shartlarida tuzilgan Shartnoma bo`yicha Xizmat Operatorining majburiyatlari bekor deb hisoblanadi, shu bilan birga, Shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.


© 2018 - 2025 Kron Telekom Netvork

+998 71 200-45-55